Bosh sahifa · Mehmonxonalar · Makka mehmonxonalari
Ziyorat · Saudiya Arabistoni

Makka mehmonxonalari

Umra va ziyorat safaringiz uchun Masjid al-Haramga yaqin mehmonxonalarni toping — yakuniy narx to'lovdan oldin tasdiqlanadi.

Eng yaxshi takliflar

Joriy narxlar yuklanmoqda…

Barcha mehmonxonalarni ko'rish

Foydali ma'lumot

 

Makkadagi mehmonxona tanlashda eng muhim mezon — Masjid al-Haramga masofa. Haram atrofidagi mehmonxonalar (Abraj al-Bayt, Jabal Umar majmualari) piyoda 5–10 daqiqada Haramga yetkazadi, narxi esa shunga yarasha yuqori bo'ladi. Biroz uzoqroqdagi mehmonxonalar ancha hamyonbop, ko'plarida Haramgacha bepul avtobus qatnovi bor.

Narxlar mavsumga qarab keskin farq qiladi: Ramazon oyi va haj mavsumida eng yuqori, qolgan oylarda esa ancha qulay. Sanalaringiz aniq bo'lishi bilan bron qilib qo'yish — eng yaxshi narxni olishning ishonchli yo'li.

Ko'p so'raladigan savollar

 

Haramga yaqin mehmonxona qancha turadi?
Masofa va mavsumga bog'liq: Haram atrofidagi 5 yulduzli mehmonxonalar kunige yuzlab dollar bo'lsa, 15–20 daqiqa masofadagi variantlar bir necha barobar arzon. Qidiruvda narx bo'yicha saralash orqali o'zingizga mosini tanlaysiz.
Umra vizasi uchun mehmonxona broni kerakmi?
Ha, Umra vizasi rasmiylashtirishda odatda tasdiqlangan mehmonxona broni so'raladi. Bron tasdig'i va voucher to'lovdan so'ng emailingizga yuboriladi.
Qaysi oyda borish arzonroq?
Ramazon va haj mavsumidan tashqari oylarda narxlar sezilarli past bo'ladi. Safar sanalarini moslashtira olsangiz, xarajatni ancha tejaysiz.

Shunga o'xshash sahifalar

 

Madina mehmonxonalari Istanbul mehmonxonalari Arzon mehmonxonalar Barcha yo'nalishlar