Rasmiy bron tekshiruvi

Broningizni tekshiring

Turagent orqali sayohat sotib oldingizmi? Bron kodi va familiyangizni kiriting — bron OtelBilet tizimida haqiqatan borligini bir zumda bilib olasiz.

  • Bepul
  • Ro'yxatdan o'tmasdan
  • Ma'lumot to'g'ridan-to'g'ri OtelBilet tizimidan

Bronni tekshirish

Kodni qayerdan topaman?

Kod har bir hujjat tepasida, QR-kod yonida yozilgan. QR-kodni telefon kamerasi bilan skanerlasangiz, kod o'zi to'ldiriladi.

Bu qanday ishlaydi

  1. Agent bronni OtelBilet orqali qiladi. Aviachipta, mehmonxona yoki tur — hammasi tizimda yoziladi.
  2. Sizga bron kodi beriladi. Kod OB-… bilan (tur uchun TUR-… bilan) boshlanadi va shartnoma, vaucheringizda yozilgan.
  3. Shu sahifada tekshirasiz. Agentlik nomi, sanalar va bron holati ko'rinadi.

Sahifada nima ko'rinadi

  • Bron holati
  • Bronni qilgan agentlik nomi
  • Xizmat, yo'nalish va sanalar
  • Sayohatchilarning yashirilgan ismlari

Hech qachon ko'rsatilmaydi

  • Narx va to'lovlar
  • Pasport ma'lumotlari
  • Telefon va email
  • Hujjatlar

Shuning uchun kod bilan birga familiya so'raladi — begona odam broningizni ko'ra olmaydi.

Pul to'lashdan oldin

Firibgarlardan ehtiyot bo'ling

  1. Agent bron kodini bermasa — pul to'lamang.
  2. Kod bu yerda topilmasa yoki agentlik nomi boshqa chiqsa — pul to'lamang.
  3. Holat "Bekor qilingan" yoki "Muddati o'tgan" bo'lsa — bu bron endi faol emas.
  4. Manzil satrida otelbilet.uz yozilganini tekshiring — o'xshash nomli saytlarga ishonmang.
  5. Shubha bo'lsa, to'lovdan oldin bizga yozing — tekshirib beramiz.

Ko'p beriladigan savollar

Bron topilmadi — nima qilaman?

Kod va familiyani hujjatdagidek qayta yozing: familiya pasportdagidek, lotin harflarida. Baribir topilmasa, pul to'lamang va bizga yozing.

"To'lov kutilmoqda" nimani anglatadi?

Bron yaratilgan, lekin to'lov hali OtelBilet'ga kelmagan. Agentga pul bergan bo'lsangiz, u to'lovni ko'rsatilgan muddatgacha o'tkazishi kerak — aks holda bron avtomatik bekor bo'ladi.

Agentlik nomi boshqa chiqdi

Demak bu bronni boshqa kompaniya qilgan. Pul to'lashdan oldin bizga yozing — tekshirib beramiz.

QR-kod meni boshqa saytga olib bordi

Haqiqiy QR-kod faqat otelbilet.uz/tekshirish sahifasini ochadi. Boshqa manzil ochilsa, u yerga hech narsa kiritmang va bizga xabar bering.

Shubhangiz bormi?

To'lovdan oldin bizga yozing yoki qo'ng'iroq qiling — bronni tekshirib beramiz. Har kuni, 24/7.