Shri-Lanka

Choy plantatsiyalari, fillar va Hind okeani

Plaj va dengizTabiat va tog'EkzotikaTarix va madaniyatAsal oyi

30 soniyada

Hozir ham bo'ladi
Parvoztaxminan 6 soat
Vaqt farqiToshkentdan 30 daqiqa oldinda
VizaOnlayn / chegarada
PulShri-Lanka rupiyasi (LKR). Karta mehmonxonalarda o'tadi, boshqa joylarda naqd.
Tilsingal va tamil tillari; ingliz tili keng tarqalgan.
Byudjet$$ · O'rtacha
Qachon borgan ma'qul?Eng yaxshi: Dek–Apr · Yaxshi: May–Sen
YanFevMarAprMayIyunIyulAvgSenOktNoyDek
Eng zo'rBo'ladiMavsum emas
Shri-Lanka — kichik orolda butun bir dunyo. Bir safarda okean plajlari, tog'lardagi choy plantatsiyalari, yovvoyi fillar va qoya ustidagi qadimiy qal'a. "Plaj + sarguzasht" formatini sevganlar uchun.
Viza: Onlayn / chegarada

jo'nashdan oldin onlayn ETA (elektron sayohat ruxsatnomasi) olinadi. Faqat rasmiy saytdan foydalaning.

Qoidalar o'zgarib turadi — safardan oldin rasmiy manbadan yoki bizdan so'rang.

Nimasi zo'r?

1

Hammasi bir orolda

okean, tog'lar, safari va tarix.

2

Fillar

yovvoyi tabiatda ko'rasiz.

3

Cheylon choyi

plantatsiyada terib, fabrikada tatib ko'rasiz.

4

Kitlar

Mirissada ko'k kitlarni tomosha qilish.

Qaysi shaharga?

Bilasizmi?

1960 yilda Shri-Lanka dunyoda birinchi bo'lib ayol bosh vazirni sayladi.

Shri-Lanka — dunyodagi eng yirik choy eksportchilaridan biri. "Cheylon choyi" mamlakatning eski nomidan olingan.

Sigiriya — V asrda 200 metrlik qoya ustiga qurilgan qal'a-saroy.

Mamlakat Hind okeanida tomchi shaklida bo'lgani uchun "Hindistonning ko'z yoshi" deb ham ataladi.

Chamadonga nima solamiz?

  • Yengil kiyim — issiq va nam.
  • Ibodatxona uchun oq yoki yopiq kiyim —
  • Chivindan himoya —
  • Dengiz kasalligiga dori — kit safari uchun.
  • Adapter — rozetkalar har xil, universal adapter oling.

Odob va qoidalar

  • Budda tasvirlari — ularga orqa o'girib surat tushmang, bu hurmatsizlik.
  • Ibodatxonalarda — poyabzal va bosh kiyim yechiladi.
  • Bosh chayqash — "ha" degan ma'noni ham anglatishi mumkin!
  • Chap qo'l — narsa berishda o'ng qo'l ishlating.

Ko'p so'raladigan savollar

Shri-Lankaga viza kerakmi?

Ha, onlayn ETA orqali. Jo'nashdan oldin rasmiy saytdan rasmiylashtiring — vositachi saytlar ortiqcha pul oladi.

Qaysi qirg'oqqa borish kerak?

Dekabr–aprel — g'arbiy va janubiy qirg'oq (Bentota, Galle). May–sentyabr — sharqiy qirg'oq (Trinkomali, Pasikuda).

Necha kun kerak?

Kamida 9–10 kun: 2–3 kun madaniy uchburchak (Sigiriya, Kandi), qolgani okean bo'yida.

Sizga bular ham yoqishi mumkin

Kolombo va Negomboga yo'l oldikmi?

Toshkentdan Kolombo va Negomboga reyslar va mehmonxonalarning jonli narxlarini ko'ring — 2 hafta keyingi sanalar bilan ochiladi, sanani o'zingiz o'zgartirasiz.