Futbol: Ispaniya Superkubogi Finali — Istanbul
Tur haqida
Bu — futbol muxlislari uchun tur. Ispaniya Superkubogi — Ispaniya futbolining kubok turniri: unda Ispaniya chempionati va Ispaniya Kubogining eng kuchli jamoalari kubok uchun kurashadi. Turnirning hal qiluvchi o'yini — FINAL — bu safar Istanbulda o'tadi, va siz uni stadion tribunasidan jonli tomosha qilasiz. Final o'yini chiptasi narxga kiradi — bilet qidirish, navbat va qayta sotuvchilar haqida o'ylashingiz shart emas. Futboldan tashqari — dunyoning eng go'zal shaharlaridan biri. Istanbul ikki qit'ada — Yevropa va Osiyoda joylashgan, ularni Bosfor bo'g'ozi ajratib turadi. Ko'k masjid (Sultonahmad) va Ayasofya gumbazlari, kechqurun chiroqlarda yonadigan Bosfor ko'prigi, Galata minorasidan ko'rinadigan shahar manzarasi, dengiz o'rtasidagi Qiz minorasi, Istiklol ko'chasidagi qizil retro tramvay va 4 mingdan ortiq do'konli Grand Bazar — bularning barchasi 7 kun davomida sizning ixtiyoringizda. Bosfor bo'yida turk choyi, simit va baliq-ekmek ham sayohatning bir qismi. Andijondan Pegasus reysi bilan to'g'ridan-to'g'ri uchasiz, aeroportda kutib olinasiz va mehmonxonaga olib borilasiz. Uchta mehmonxonadan birini tanlang — 2, 1 yoki 3 kishilik xonada, har kuni nonushta bilan. Guruhda atigi 40 ta joy bor.
Ajralib turadi
- Futbol kubogi FINALI — Ispaniya Superkubogi, stadionda jonli
- Final o'yini chiptasi narxga kiradi
- Andijondan to'g'ridan-to'g'ri reys — Pegasus, 20 kg bagaj
- 7 kun / 7 kecha Istanbulda, har kuni nonushta
- Ikki qit'adagi shahar: Bosfor, Ko'k masjid, Ayasofya, Galata
- Aeroport — mehmonxona — aeroport transferi
- Guruh: 40 kishi
Kun-ma-kun dastur
Narxga kiradi
- Futbol kubogi final o'yini chiptasi
- Aviachipta, 20 kg bagaj
- 7 kecha, nonushta
- Transfer
Narxga kirmaydi
- Sug'urta
- Ekskursiyalar
- Ovqatlanish (nonushtadan tashqari)