Hamkorlikni bugunoq boshlang
OtelBilet ekotizimiga qo’shiling. Ro’yxatdan o’ting, maxsus havolangizni oling va har bir bron uchun komissiya ishlashni boshlang.
Affiliate Hamkor bo’lish
Ariza yuboring, admin ko’rib chiqqandan so’ng promo kodingiz beriladi
❓ Ko’p So’raladigan Savollar
Affiliate dasturi haqida eng ko’p beriladigan savollarga javoblar
OtelBilet Affiliate dasturi — bu siz o'z auditoriyangizga maxsus promo kod orqali tur yoki otel bron qilishni tavsiya etasiz va har bir muvaffaqiyatli bron uchun komissiya olasiz. Sizga shaxsiy promo kod beriladi, uni postlaringiz, videolaringiz yoki bio'ingizda ulashsangiz kifoya.
Siz ariza yuborganingizdan so'ng admin uni ko'rib chiqadi (odatda 1-2 ish kuni ichida). Tasdiqlangach, shaxsiy promo kodingiz shaxsiy kabinetingizda ko'rinadi.
Standart komissiya har bir muvaffaqiyatli bron narxining ma'lum foizi hisoblanadi. Aniq foiz shaxsiy kabinetingizda ko'rsatiladi. Fasl yoki maxsus aktsiyalarda komissiya oshirilishi mumkin.
Komissiya to'lovlari har oyning 15-sanasida amalga oshiriladi. To'lov so'rovi yuborish uchun minimal miqdor $50 bo'lishi kerak. Karta ma'lumotlaringizni Profil bo'limida saqlang.
Istalgan platforma uchun mos: Instagram, Telegram, YouTube, TikTok, Facebook, shaxsiy blog yoki veb-sayt. Asosiysi — sizning auditoriyangiz sayohatga qiziqishi kerak.
Sizning kanalingizni ko'rgan foydalanuvchi otelbilet.uz saytiga kirib, tur yoki otel bron qilish jarayonida sizning promo kodingizni kiritadi. Shu bron uchun komissiya hisobingizga yoziladi.
Ha, albatta! Promo kodingizni qancha ko'p odamga ulashsangiz, shuncha ko'p komissiya ishlashingiz mumkin. Bronlar soni cheklanmagan.
Login sahifasidagi "Parolni unutdingizmi?" havolasini bosing va emailingizni kiriting. Admin sizning telefon raqamingiz yoki Telegram orqali yangi parol yuboradi.